Britaniyalik tadbirkor Mayk Linchning yaxtasi to‘fonda qolib, Sitsiliya qirg‘oqlarida cho‘kib ketdi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, texnologik magnat bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bayesian deb nomlangan yaxtaning cho‘kib ketgani dushanba kuni ertalab ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik aniqlanishicha, bir kishi halok bo‘lgan, yana olti kishining qayerda ekani noma’lum. Kemadan 15 kishi, jumladan, Linchning rafiqasi Anjela Bakares qutqarildi.
Yaxtada jami 22 kishi bo‘lgan, ulardan o‘n nafari ekipaj a’zolari edi. Qolganlari tadbirkorning mehmonlari. Yo‘qolganlar orasida Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada fuqarolaridir.
Yaxtadagi ziyofat Linchning firibgarlik ishi bo‘yicha oqlanganini nishonlash uchun o‘tkazildi. O‘n hafta oldin San-Fransiskodagi sud hay’ati biznesmenni Hewlett Packardga Autonomy’ni sotishda firibgarlikda...