Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Bundestagdagi siyosiy nutqida Germaniya Isroilni «o‘zini himoya qila oladigan holatda» ushlab turishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda DW axborot agentligi ma’lum qildi.
«Isroil hozir va kelajakda ham bizning birdamligimizga tayanishi mumkin», – dedi kansler.
Sholsning izohlari nemis ommaviy axborot vositalarida hukumat Isroilga qurol yetkazib berishni sekinlashtiryaptimi yoki yo‘qmi degan qarama-qarshi xabarlariga javob bo‘ldi.
Oxirgi sakkiz hafta ichida Germaniya hukumati Isroilga 31 mln yevro ($33,7 mln) qiymatidagi harbiy texnika va o‘q-dorilar eksportini tasdiqladi. Bu butun yil davomidagidan ikki baravar ko‘pdir, deya xabar beradi DPA nemis axborot agentligi.
Shu bilan birga, kansler...