O‘zbekistonning «U18» terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tgan III B divizioni Jahon chempionatida g‘alaba qozondi va yuqori divizionga yo‘l oldi. Endilikda jamoa kelasi mavsumda III A divizionida ishtirok etadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Xokkey federatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi: Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2), Bosniya va Gertsegovina (11:3) hamda hal qiluvchi bahsda Tailand ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. So‘nggi o‘yinda g‘alaba keltirgan shayba uchrashuv tugashiga besh daqiqa qolganida Jasurbek Rustamxonov tomonidan kiritildi.
Jamoa sardori Rustamxonov 5 o‘yinda 22 ochko (14 gol + 8 assist) jamg‘arib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Jamoaning yana...