Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirda 17 nafar soliq, 1 nafar bojxona xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, 18 nafar xoʻjalik yurituvchi subyektlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda davlat xizmati xabar bermoqda.
Jinoiy toʻda 2020-yildan 2023-yilgacha sakkizta soxta korxona tashkil etgan. Xorijga mebel mahsulotlarini soxta eksport qilishda roʻyxatdan oʻtkazayotganda 15% QQSni noqonuniy ravishda qaytarib bergan. Bu esa 24,6 mlrd soʻmlik budjet mablagʻlarining oʻgʻirlanishiga olib kelgan.
Jinoiy guruh faoliyatini soliq xizmatining sobiq xodimi muvofiqlashtirgan. U amalda boshqargan korxonalar Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa-da, ularning yuridik manzillari...