AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva bilan diplomatik aloqalarni yaxshilash va Ukrainadagi urushni to‘xtatish maqsadida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha reja ishlab chiqishni boshladi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Oq uy Davlat departamenti va G‘aznachilik departamentiga ushbu masalada takliflar tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan.
Sanksiyalarning yumshatilishi Rossiya bilan iqtisodiy va diplomatik munosabatlarni yaxshilash doirasida muhokama qilinmoqda. AQSh rasmiylari Moskva bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda qaysi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish mumkinligini aniqlash ustida ishlamoqda.
Rossiya bilan iqtisodiy kelishuv ehtimoli
Rossiya dunyoning yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. AQSh Tramp ma’muriyati Erondan neft eksportini cheklashni rejalashtirar ekan, Rossiyaga nisbatan energetika sohasidagi sanksiyalarni yumshatish...