2024-yilning ilk uch oyida orqaga keta boshlagan tug‘ilish darajasi ikkinchi chorakda ham davom etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Joriy yilning olti oyida respublikada 421,9 ming chaqaloq dunyoga keldi. Taqqoslash uchun: 2023-yilning shu davrida – 436,5 ming. Bu joriy yilda tug‘ilganlar soni 3,3 foizga kamayganini anglatadi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil qilgan (2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra). Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan aholi 2,1 %, ya’ni 761,8 ming nafarga ko‘paygan deganidir.
Joriy yilning yarmiga kelib O‘zbekistonga 1080 kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 5066 kishi xorijga ko‘chib ketgan.
Shuningdek, eng yuqori tugʻilish koeffitsiyentiga 26,2 promille bilan Surxondaryo egalik...