Joriy yilning 24-sentabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi deyarli 5,6 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkich bir kun avval 5,54 mln so‘mni tashkil qilgan edi. Bir kun ichida oltin quymalarining narxi 52 ming so‘mga ko‘tarildi.
Qayd etish kerakki, 1 grammlik oltin quymasining narxi oxirgi marotaba 19-sentabr kuni 1,08 mln so‘mgacha tushgan edi. Hozirgi vaqtga esa narxi 1,12 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Jahon bozorida oltinning narxi bir troy unsiyasi uchun LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, $2617,25’ni tashkil qilgan (23-sentabr tonggi fiksing). Kechki vaqtga kelib esa ushbu...