Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadigan «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib sportchilar qancha pul mukofot olishlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda xalqaro CNN nashri xabar berdi.
Parijda 32 sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida 10,7 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 26-iyuldan 8-avgustgacha Parijning turli hududlarida 329 ta sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi. G‘olib sportchilar medal bilan birga ma’lum miqdordagi pul mukofotlarini ham naqd qilib oladilar.
Jumladan, oltin medal sohiblari $100 ming, kumush medal sohiblari $50 ming, bronza medali uchun esa $25 ming miqdordagi pul mukofotlarini qo‘lga kiritadi.
Oltin, kumush va bronza medallari har doim ham standartlashtirilmagan. Birgina misol...