Air Samarkand aviakompaniyasining Toshkent – Fukuok yoʻnalishidagi reysi 21-fevral kuni soat 23:55 da joʻnashi rejalashtirilgan edi. Biroq texnik nosozlik sababli parvoz kechiktirildi. Bu haqda Air Samarkand axborot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya bergan ma’lumotga koʻra, uchish vaqtida ekipaj shassi tebranishini sezgan va xavfsizlik qoidalariga muvofiq, parvozni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Samolyot terminalga qaytarilib, muhandislar tomonidan batafsil texnik koʻrikdan oʻtkazildi.
Tekshiruv natijasida ayrim detallarning almashtirilishi zarur ekani aniqlandi. Hozirda ushbu ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozlik bartaraf etilgach, samolyot qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkaziladi va faqat undan soʻng parvozga ruxsat beriladi.
Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan. Rejaning yangilangan ma’lumotiga koʻra, samolyot 22-fevral kuni soat 22:00 (mahalliy vaqt) da...