«Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili Toshkentda boʻlib oʻtgan Cbonds konferensiyasida Oʻzbekistonda investorlar kompaniya obligatsiyalariga sarmoya kiritish orqali pul yoʻqotish holatlariga izoh berdi.
Uning fikricha, bunday holatlar har qanday kapital bozori faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
«Kapital bozori sarmoyadorlar pullarini qayerga investitsiya qilish toʻgʻrisida ongli ravishda qaror qabul qilishlarini ta’minlash uchun zarur. Investorlar har qanday qimmatli qog‘ozni, xoh u obligatsiya yoki aksiyani sotib olayotganda, investitsiya risklarini, shu jumladan, emitent pulni qaytarib bermasligi mumkin bo‘lgan defolt xavfini tushunishlarini kerak», dedi Paresishvili.
Birja rahbari emitentning defolt xavfi jahon bozorlari uchun odatiy hodisa ekanligini ta’kidladi. AQSHdagi yirik...