Ovoz berish mamlakat qonunchiligiga muvofiq bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum ochiq va oshkora o‘tdi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Chjan Min maʼlum qildi.
«Biz qonun buzilishlarini sezmadik. Missiya referendumni ochiq, oshkora va demokratik deb tan oladi», — dedi u.
Min, ovoz berish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq o‘tganini va xalqaro majburiyatlarni qabul qilganini qo‘shimcha qildi.
Unga ko’ra. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan katta ishlar amalga oshirilib, referendumda erkin ovoz berish ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklarning 90,21 foizi yangi Konstitutsiyani yoqlab, 9,35 foizi esa qarshi ovoz bergan.