Kelayotgan ikki yil ichida Oʻzbekiston banklari moliyaviy xizmatlarning yetarli darajada mavjud emasligi va uy xoʻjaliklarining past daromadlari muammosiga duch kelishi mumkin. Bu haqda S&P Global Ratings agentligi tahlilchilari ma’lum qildi (hisobot Kursiv Uzbekistanʼda mavjud).
Shuningdek, respublikada iste’mol kreditlari va mikrokreditlar ulushi ortib bormoqda, bu esa yuqori xavf darajasiga ega boʻlgan kredit portfelining oʻsishini koʻrsatmoqda.
Mikrokreditlarning ulushi
Shu bilan birga, Oʻzbekiston bank sektori yuqori marjaga ega boʻlish uchun ta’minlanmagan iste’mol kreditlari va kichik va oʻrta biznesni kreditlash hajmini oshirishda davom etadi.
S&Pʼning fikricha, bozordagi agressiv oʻsish va raqobat tez oʻsib borayotgan banklar aktivlari sifatini tekshirishga xizmat qiladi.
Avvalroq Kursiv...