O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik paraatletlar Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshevni Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
«Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora oʻsib borayapsan. Bergan va’dangni ortigʻi bilan bajarding», dedi Mirziyoyev telefon orqali Qurbonova bilan muloqoti chog‘ida.
O‘zbekistonlik sportchi nayza uloqtirish bahslarida 21,02 metr natija bilan jahon rekordini yangilab, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Avvalgi rekord ham unga tegishli edi.
Davlat rahbari Yo‘ldoshev bilan suhbatda uning disk uloqtirish musobaqasidagi g‘alabasi va yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini qayd etdi.
«Bu yutuqlar...