AQShning Jorjiya shtatidagi maktabda sodir bo‘lgan ommaviy otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
O‘q uzgan 14 yoshli Kolt Grey bo‘lib, u ilgari huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘quv yurti rahbariyatiga onlayn tahdid qilgani uchun so‘roq qilingan. Yigit omon qoldi, uni qamoqqa olishdi. Jinoyat sabablari hozircha ochiqlanmagan.
Barcha halok bo‘lganlar aniqlandi. Ular 14 yoshli ikki o‘smir – yigit va qiz, shuningdek, ikki o‘qituvchi – erkak va ayol edi. To‘qqiz nafar jabrlanuvchining hayoti xavf ostida emas.
Agentlikning ta’kidlashicha, o‘q otish hodisasi qurollar tarqatilishini nazorat qilish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini yana qo‘zg‘atgan. Fojia sodir bo‘lgan Uinder shahri aholisi...