Joriy yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda ro‘y bergan 9839 ta YTH 2282 nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgan, qolgan 9209 nafar fuqaro turli xil darajada shikastlangan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
«2024-yilda yo‘l-transport hodisalari soni 7,2 % ga pastlagan va shikastlanish bilan bog‘liq hodisalar 8,7 % ga kamaygan. Ko‘rsatkichlarning ijobiy pasayishida esa o‘tgan yildagi 8 mingtaga yaqin obyektlarda amalga oshirilgan 13,5 trln so‘m qiymatdagi qurilish ishlari zamin bo‘ldi», deya ta’kidlandi yig‘ilishda.
Shuningdek, sodir bo‘lgan 359 nafar maktab o‘quvchisi ishtirokidagi YTH oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafari turli...