LandRoads kompaniyasi Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi energiya bilan harakatlanuvchi avtomobillar (NEV) sifati bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Eng kam muammoli avtomobil Mercedes-Benz ekani ma’lum bo‘ldi. BYD va Zeekr rusumlarining ishonchliligi esa o‘rtachadan yuqori darajada ekanligi aniqlandi.
Kompaniya Xitoydagi 67 ta NEV brendining 7,8 mingdan ortiq egalari orasida so‘rov o‘tkazdi va iste’molchilarning avtomobillari bilan bog‘liq muammolar soni va jiddiyligini aks ettiruvchi mahsulot sifati xavfi indeksini tuzdi. Indeks qanchalik past bo‘lsa, ishonchlilik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mercedes-Benz eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi – 33. Ikkinchi o‘rinda 79 ball bilan Xiaomi SU7. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni BMW va Arcfox egallagan. Sifat xavf indekslari...