Ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge rasman e’lon qilinmasdan oldin o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi
Samsung o‘tgan oy Galaxy S25 seriyasini global bozorda taqdim etgan edi. Shu bilan birga, kompaniya yangi model – Galaxy S25 Edge haqida ham shama qilgan, biroq uning tafsilotlari rasman ochiqlanmagan edi. Endilikda bu smartfon turli sinov platformalarida paydo bo‘lib, o‘z imkoniyatlarini namoyish qila boshladi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangi model SM-S937 raqamiga ega bo‘lib, AQSh versiyasi SM-S937U, Xitoy versiyasi esa SM-S9370 indekslari bilan ajratilgan. Yevropa bozorida esa bu model SM-S937B raqami ostida namoyon bo‘ldi va Geekbench sinovlarida test natijalarini ko‘rsatdi.
Galaxy S25 Edge Snapdragon 8 Elite for Galaxy chipida ishlaydi. Shuningdek, smartfon 12 GB tezkor xotiraga...