Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayori Rustam Joʻrayev Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 2 karra oltin medali sohiblari bo‘lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Doʻsmatovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlarini taqdim etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida Milliy gvardiya xarbiy xizmatchilari Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolovlar sportning boks turi bo‘yicha munosib ishtirok etib, 2 karra Olimpiya chempioni bo‘ldilar.
Jumladan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li hamdaMilliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, kapitan Do‘smatov Hasanboy Marufjon o‘g‘li Milliy gvardiyaning «Aʼlo...