General Motors ichki yonuv dvigatelli avtomobillar qatorini qisqartirishda davom etmoqda. Kompaniya 2025-yilgi modeldan keyin Chevrolet Blazer ishlab chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda Gmauthority nashri ma’lum qildi.
Ushbu qaror Meksikaning Ramos Arizpe shahridagi zavodni elektromobillar ishlab chiqarishga to‘liq o‘tkazish rejasi bilan bog‘liq. Zavodda endilikda Chevy Equinox EV, Blazer EV va Honda Prologue elektromobillari ishlab chiqariladi.
Chevrolet Blazer yo‘qolishi bilan General Motors Shimoliy Amerika bozorida ichki yonuv dvigatelli o‘rta o‘lchamli ikki qatorli krossoverlarga ega bo‘lmaydi. Uning o‘rnini 2025-yilda chiqarilishi kutilayotgan kengaytirilgan Chevy Equinox egallashi mumkin. Biroq bu model faqat 175 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbo dvigatelga ega bo‘lib, Blazerning...