Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari biroz arzonlashmoqda. 2025-yil yanvar oyida oʻrtacha ta’mirlangan kvartiralarning ijara bahosi dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, toʻliq ta’mirlangan uylarning narxi esa 0,3 foizga pasaydi.
Oʻrtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali kvartiralarning ijara narxi mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga tushgan boʻlsa, 3 va 4 xonali uylar uchun aksincha, biroz oshgan – 0,1 foiz va 0,3 foizga.
Eng arzon ijara takliflari:
Sergeli tumani: 1 xonali – $297, 2 xonali – $355, 3 xonali – $415, 4 xonali – $419; Olmazor tumani: 1 xonali – $293, 2 xonali – $352, 3 xonali – $419, 4 xonali...