Sog‘liqni saqlash vazirligi «O‘zmedimpeks» kompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida 15 milliard so‘mdan ortiq mablaqqa kaliy yodidli planshetlar («Antistrumin») xarid qildi. Preparatning bir qadog’i 6,5 ming so‘m turadi.
Yodlashtirish dasturi doirasida «Antistrumin» preparatini xarid qilish uchun byudjetdan jami 15,275 milliard so‘m ajratildi. Ushbu summaga farmatsevtika ishlab chiqaruvchi SAMO 2,35 million paket dori (235 million tabletka) yetkazib berishga va’da berdi. Ular ayollar va uch yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga tarqatilishi kerak edi.
Ushbu dori vositasini xarid qilish to‘g‘risidagi qaror joriy yilning 4 may kuni «O‘zmedimpeks» MChJ direktori boshchiligidagi xarid komissiyasining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
21-sentabr kuni O‘zbekistonning Namangan...