O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-87-son Farmoniga muvofiq mamlakatda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning kontrakt to’lovlarini qaytarish shartisiz davlat budjetidan qoplash tizimi yo’lga qo’yilgan
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun 75,0 mlrd so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, 2022-2023 o’quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan 12 300 nafar xotin-qizlarning o’quv yilining I-yarmi uchun 68,3 mlrd. so’m mablag’ qaytarish shartisiz qoplab berildi, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi...