Xitoyda Zeekr kompaniyasi tomonidan yangilangan Zeekr 7X elektromobili rasman taqdim etildi. Model uch xil versiyada sotuvga chiqadi, narxlar $32,3 mingdan boshlanadi.
Bazaviy versiya orqa g‘ildirakdan tortish tizimiga ega, 370 kVt quvvat ishlab chiqaradi. U 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada chiqadi. Uning yurish masofasi 620 km (CLTC). O‘rta komplektatsiya $35,1 ming turadi, 802 km masofani bosib o‘tadi va 5,1 soniyada tezlanadi.
Eng kuchli Ultra versiya $37,9 mingdan boshlanadi. 795 ot kuchi, to‘liq yurish tizimi, pnevmatik osma (balandligi 230 mm) va 100 km/soat tezlikka 2,98 soniyada chiqadi.
900 voltli yangi tizim tufayli batareyani 10 dan 80 foizgacha atigi 10 daqiqada quvvatlash...