Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida «Qorako‘l» erkin iqtisodiy zonasida «Enpipe» korxonasi ishga tushirildi.
Umumiy qiymati $58 million boʻlgan loyiha toʻliq xorijiy sarmoya hisobidan amalga oshirildi. Uskunalar Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan keltirildi. Korxona yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Ilgari bunday mahsulotlar, asosan, xorijdan olib kelinar edi. Tashishda quvurlar hajmi ko‘p joy egallagani uchun narxi ham qimmatga aylangan. Zavod hozirda metall plitalar qabul qilib, oʻz oʻrnida quvurlar ishlab chiqarmoqda, bu esa ishlab chiqarish tannarxini 25 foizga kamaytirish imkonini beradi.
Endilikda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi uchun ishlar boshlab yuborilgan. Unda yuqori bosimga chidamli...