Namanganda o‘tkazilayotgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» III xalqaro forumida mutaxassislar O‘zbekiston kelgusi yili aholini ro‘yxatga olish tadbiridan so‘ng ijtimoiy siyosatni qayta ko‘rib chiqishga tayyorlanishi zarurligini alohida ta’kidladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.
Forum muhokamalarida demografik jarayonlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlar sonining ortishi va keksa fuqarolar ulushining ko‘payishi O‘zbekistonning rivojlanish ustuvorliklarini qayta belgilashga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi fondining (UNFPA) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauer Markaziy Osiyo o‘ziga xos demografik chorrahada joylashganini ta’kidladi.
«Aholining uchdan bir qismi 15 yoshgacha bo‘lganlar bo‘lib, kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi...