Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)da yaqinda zargarlik sanoati uchun ahamiyatli bo‘lgan yangi loyiha ishga tushirildi. Bu haqda OKMK axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, zargarlik korxonalari kombinatdan 5, 10, 20 va 50 gramm vazndagi, sofligi 999,9 bo‘lgan oltin quymalarni ham xarid qilishar edi. Ushbu yangi loyiha orqali esa oltin va kumush granula shaklida ham ishlab chiqariladi. Bu shakldagi oltin tibbiyot, radioelektronika, mikroelektronikada, kimyo sanoatida va o‘lchov asboblarini ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
OKMKning 75 yilligi oldidan loyiha asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz zargarlarga bir qator qulayliklar yaratadi, – deydi Mis eritish zavodi Oltin va kumushni affinajlash sexi boshlig‘i...