Oʻzbekistondagi yagona uran qazib oluvchi «Navoiyuran» davlat korxonasi 2024-yilning birinchi yarmida ishlab chiqarishni 12,5 foizga oshirdi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilindi.
Davlat korxonasi bu vaqt ichida qancha tonna uran qazib olinganini oshkor etmadi, lekin tashkilot ishlab chiqarishning umumiy hajmini pul koʻrinishida e’lon qildi. Yanvar – iyun oylarida bu koʻrsatkich 4,9 trillion soʻmni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga koʻpdir.
Kompaniyaning sof foydasi 55 foizga oshib, 1,9 trillion soʻmni tashkil etdi. Shu vaqt ichida $48,5 millionlik investitsiyalar oʻzlashtirildi.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz uranidan foydalanmaydi, lekin faqatgina radioaktiv metallni eksport qilish orqali daromad qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy...