Janubiy koreyalik futbolchi Son Jun Xo Xitoy rasmiylari bilan kelishilgan o‘yinlar va poraxo‘rlikda ishtirok etgani haqidagi ayblovlarga iqror bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ikki yillik tekshiruvdan so‘ng, 38 futbolchi, jumladan, Son va besh amaldorga umrbod diskvalifikatsiya e‘lon qildi.
«Men hech qachon kelishilgan o‘yinlarda qatnashmaganman, ularda bor yagona dalil bu mening majburlash ostida qilgan yolg‘on iqrorim. Agar ayblovlarni qabul qilmasam, xotinim ham hibsga olinadi va tergov qilinadi, deb tahdid qilishdi», deydi Son.
Janjal chiqqanidan beri Janubiy Koreya tomonida o‘z o‘rnini yo‘qotgan yarim...