UzAuto Motors avtokonsernining IPOsida kompaniya aksiyalarining roudshouda e’lon qilingan 5 foiz o’rniga atigi 0,29 foizi sotilgan. Kompaniya kutilgan 90 million dollar o‘rniga 5 million dollar jalb qila olgan bo‘lsada, bu joylashtirish mamlakat tarixidagi eng yirik ko‘rsatkichga aylandi.
20-fevral, dushanba kuni «Toshkent» Respublika fond birjasi ikkilamchi bozorida (RFB) UzAuto Motors aksiyalarining savdosi boshlandi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi o’tgan yili birjaga chiqishi kerak edi, ammo yopilish sanasi talab pastligi sababli ikki marta ortga surildi. Birinchi marta, 2022 yil 22 dekabrdan 28 dekabrgacha, keyin esa birdaniga 2023 yil 15 fevralgacha. Natijada, IPO obuna kampaniyasi ikki oydan ortiq davom etdi va aksiyalarni sotib olish uchun...