O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar kamaygan, biroq qonunlarda korrupsiya omillari aniqlangan. Bu haqda 10-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida so‘zga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni avvalgi yilga nisbatan 12 foizga, jinoyatlar soni esa, 11 foizga kamaygan. Shuningdek, yetkazilgan zarar 608 mlrd so‘mga yoki 29 foizga kamaygan.
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi tahlil qilindi. Natijada 42 ta tashkilot faoliyati yaxshi, 38 tasi qoniqarli hamda 15 tasi qoniqarsiz deb baholandi.
Bundan tashqari, 307 ta normativ-huquqiy hujjatning 174 tasida 413 ta korrupsiyaviy omil...