O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zargarlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdim etildi. Yig‘ilishda O‘zbekistondan AQShga zargarlik buyumlarini eksport qilishda bojxona to‘lovlarini bekor qilish taklif etildi.
GSP tizimidan foydalangan holda AQShga mahsulot yetkazib berish rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, rasmiylar GSP faoliyatini qayta tiklashni va Vashington bilan savdo va investitsiya sohasida hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va qadoqlash materiallari uchun bojxona stavkalari va QQSni nolga tenglashtirish ko‘zda tutilgan. Imtiyozlar 2026-yil oktabr oyining boshigacha amal qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi vakolatlarini kengaytirish va boshqaruv tizimini qayta tashkil etish ko‘zda tutilgan.
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat tomonidan imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlash...