Bu olimlarga qadimgi misrliklar piramidalarni qanday qurganligini tushunishga yordam beradi
Olimlar qadimgi dunyo olamining bugungi kungacha saqlanib qolgan so‘nggi mo‘jizasi – Xeops piramidasida yashirin o‘tish joyini topdi, xabar bermoqda Reuters.
Piramidaning asosiy kirish yo’lagi yonidan to’qqiz metr uzunlikdagi o’tish joyi topildi. Kashfiyot strukturani qurish mexanizmlari haqidagi bilimlarni to’plashga hissa qo’shishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, yo’lak qurib bitkazilmagan. Ehtimol, u piramidaning og’irligini qayta taqsimlash uchun qurilgan.
«Biz yo’lak ostida yoki uning oxirida nima topishimiz mumkinligini ko’rish uchun skanerlashni davom ettiramiz», dedi Misr antikvarlar oliy kengashi rahbari Mustafo Vaziriy.
Yashirin o‘tish joyi Qohira universiteti Fransiyaning HIP instituti bilan birgalikda amalga oshirayotgan piramidalarni...