O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi kriptovalyuta savdosini harom deb e’lon qildi. Biroq hamma musulmonlar ham shunday fikrda emas. Avvalroq Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi boshqacha qaror qabul qilgan edi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, kriptovalyutani faqat O‘zRda litsenziyalangan platformalarda sotib olish va sotishga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi 3-iyun kuni quyidagi xabarni e’lon qildi: «Bitkoin, Notkoin kabi kriptovalyutalarni oʻzaro ayriboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish shar’an joiz emas. Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariatimiz tomonidan pulga qoʻyilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, narxining keskin oʻzgaruvchanligi hamda unda qimor...