Rossiya yoqilg’isini Xitoyga yetkazib berish tufayli
Rossiyaning Xitoyga yadro yoqilg‘isi yetkazib berishi yangi global qurollanish poygasi xavfini yanada kuchaytiradi, xabar berdi Bloomberg AQSh razvedkasi ekspertlari va suhbatdoshlari fikriga tayanib.
Nashrning eslatishicha, dekabr oyida Rossiya Tayvan qirg‘oqlaridan 220 km uzoqlikda joylashgan Xitoyning Chanbyao oroliga yadro yoqilg‘isining «katta partiyasi»ni yetkazib bergan. U yerda CFR-600 tez neytron reaktori joylashgan bo‘lib, bir qator shunga o‘xshash inshootlar qurilmoqda.
AQSh razvedkasining fikricha, loyiha doirasida Xitoy qurolli plutoniy ishlab chiqarishi mumkin. Bu mamlakatga 12 yil ichida o’q-dorilar zaxirasini 4 barobar oshirish imkonini beradi. Shunda Xitoy yadroviy arsenali Rossiya va Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) tomonidan joylashtirilgan yadroviy...