Muz saroyida 15-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Humo xokkey klubi rahbariyati ushbu sport turini O‘zbekistonda yanada ommalashtirish maqsadida joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionatlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Humo keyingi mavsumda chempionlik va kubok uchun kurash olib boradi. Buning uchun barcha shart-sharoit mavjud, jamoa moliyaviy ta’minlash bo’yicha butun ligada yuqori oʻrinlardan joy olgan. Shu boisdan ham Humo keyingi mavsumda yaxshi natijalarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, deya javob berdi klub bosh menedjeri Yuris Opulskis.
«Milliy xokkey klubning Toshkentdagi o‘yinlariga har doim 5 mingdan ortiq muxlislar keladi...