«Kam ta’minlangan oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlari nodavlat oilaviy bog‘chalarga qatnasa, ularning ota-onasi to‘laydigan to‘lovning bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Bu tartib Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan yangi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga ko‘ra, to‘lovning bir qismini qoplashga haqli bo‘lgan oilalar ro‘yxati axborot tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi.
Oilaviy nodavlat bog‘chalarga ajratiladigan kompensatsiya – 9 soatlik ish rejimidagi davlat bog‘chalari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovining 40 foizini tashkil etadi.
Mazkur kompensatsiya faqat, haqiqatan ham, qatnayotgan bolalar soniga qarab ajratiladi. Biroq bu summa bog‘cha hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan oshmasligi kerak.
Avvalroq prezident maktablari...