Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari respublikada uy-joy bozori bo‘yicha aprel oyi yakunlarini sarhisob qildi. Mart oyida biroz pasayishdan so‘ng, aprelda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgardi.
Aprel oyida O‘zbekiston uy-joy bozoridagi bitimlar soni 11,2 foizga oshib, 20 mingta shartnomani tashkil etdi. Ammo aprel oyidagi natijalar o‘tgan yilgi darajadan 2 foizga pastroq bo‘ldi.
Hududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng katta o‘sishi Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 24 foiz va 22,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 23,5 foizga kuzatildi. Poytaxtning uy-joy bozorida esa oyiga bitimlar soni 6,5 foizga oshdi.
Toshkentdagi ijara uy-joy bozoriga kelsak, aprel oyida yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xaridor faolligi 4,3 foizga...