Yevropa komissiyasi texnologiya boʻyicha gigant Apple kompaniyasiga Epic Games hisobini tiklash majburiyatini qoʻydi. Endi kompaniya Yevropada iOS qurilmalari uchun ilovalar va oʻyinlar doʻkonini ishga tushirishi mumkin. Bu haqda Epic Games saytida xabar berildi.
«Rejaga koʻra, biz Epic Games doʻkonining ishga tushirilishi va Fortnite oʻyinining Yevropada iOSʼga qaytishi bilan oldinga ildamlaymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Shuningdek, materialda Yevropa Komissiyasi ushbu qadam bilan raqamli bozorlar toʻgʻrisidagi qonunga rioya qilish boʻyicha tezkor choralar koʻrishini aniq koʻrsatmoqda. Ushbu hujjat Apple va Googleʼni oʻz gadjetlariga chetdan onlayn platformalaridan ilovalar oʻrnatishga ruxsat berishga majbur qildi.
2024-yilning fevral oyida raqamli bozorlar toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingandan soʻng...