O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi «Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim»ni (EPCA) imzoladi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi raisi Antonio Koshta va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bitimga tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas imzo chekdi. Mazkur hujjat 2019-yildan beri olib borilgan 10 ta muzokara va 150 dan ortiq uchrashuvlar natijasida tayyorlandi. Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo, investitsiya, raqamli xavfsizlik, ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
U Yevropa bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va texnik to‘siqlarni kamaytirish orqali tadbirkorlar uchun yangi...