Uzbekistan Airways 2022-yilda 294,24 milliard so‘m sof foyda oldi. Bu 2021 yilga nisbatan 5,5 barobar ko‘pdir. Tashkilotning milliy buxgalteriya hisobi standartlariga (NAS) muvofiq hisoboti Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida e’lon qilinadi.
Tashkilotning daromadi o‘tgan yili qariyb ikki baravar ko‘paydi – 6,3 trillion so‘mdan 12,27 trillion so‘mgacha. Sof foyda marjasi o’tgan yilga nisbatan 0,85% dan 2,4% gacha o’sdi. Bu shuni anglatadiki, korxona o‘tgan yili har 100 so‘m daromaddan 2,4 so‘m sof foyda olgan bo‘lsa, 2021 yilda natija anchayin kamtarona – bir so‘mdan kam bo‘ldi.
Yaxshilangan moliyaviy natijalar sabab kompaniya pandemiya boshlanganidan keyin to’plangan qoplanmagan zararni kamaytirdi. 2020 yilda parvozlar toʻxtatilishi...