Milliy valyutadagi bank depozitlari va bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi ko‘rsatkichlarida o‘sish qayd etildi. Bu haqda batafsil Markaziy bank ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari joriy yilning iyun oyiga kelib 22 % ga ko‘tarildi. Xuddi shunday stavka yuridik shaxslar uchun 16,2% dan 17,9 % ga yuqorilagan.
Shuningdek, milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi ham yuqorilagan. Jumladan, aholiga ajratilgan kreditlar 24,6 % ga, tadbirkorlik subyektlariga esa 22,7 % stavkani qayd etgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda xorij valyutasidagi bank depozitlari jismoniy shaxslar uchun 5,6% dan 5,4% ga tushgan bo‘lsa, yuridik shaxslar uchun 5,5% dan...