AQSh prezidenti Donald Tramp kriptobirja Binance asoschisi Changpen Chjaoni afv etdi. Bu qaror Binance uchun AQSh bozoriga qaytish yo‘lini ochishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.
Trampning afvi bilan 2023-yilda pul yuvishga qarshi qonunlarni buzganini tan olgan va mamlakatda faoliyat yuritish huquqidan mahrum bo‘lgan Binance yana AQShda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Changpen Chjao 2024-yil sentabr oyida to‘rt oylik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqqan edi. Binance kompaniyasi deyarli bir yil davomida uning afv etilishi ustida ish olib borgan.
Trampning hokimiyatga qaytishi Binance uchun muhim voqea bo‘ldi. Chunki 2025-yilda u o‘z oilasiga tegishli World Liberty Financial kompaniyasi orqali...