Bloomberg tomonidan so‘ralgan ekspertlar Saudiya Arabistonining Haj va Umra ziyoratchilari sonini sezilarli darajada oshirish rejalari atrof-muhitga qanday ta’sir qilishi borasida bir xil fikrda emas.
Kelgusi hafta Saudiya Arabistonida pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta haj kovid cheklovlarisiz o‘tkaziladi. Joriy yil 2 millionga yaqin ziyoratchilar kutilmoqda.
Oxirgi marta 2019-yilda haj ziyoratiga 2,5 millionga yaqin kishi borgan. Bu yil 2 millionga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning ulug‘vor rejalariga ko‘ra, 2030-yilga borib Haj va Umra ziyoratlarida qatnashuvchi ziyoratchilar soni 30 millionga yetadi. Bu ko‘rsatkich pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichdan 10 milliondan ortiqroqdir.
Bunday ko‘p sonli dindorlarni qabul qilish osmono‘par binolar va savdo markazlari...