Qozog‘istonda yoshlar futbolini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi Freedom QJ League yoshlar ligasi mashhur global brend – Red Bull bilan hamkorlik shartnomasi tuzilganini e’lon qildi.
«Bizning ligamiz global va dunyoga mashhur yangi hamkorlarni jalb qilishni maqsad qilgan. Ilgari biz Mastercard kabi sherik topdik. Bu kompaniya UEFA Chempionlar Ligasiga homiylik qiladi. Endi u yoshlar futboliga e’tibor qaratmoqda. Biz Red Bull bilan hamkorligimizni e’lon qilishdan faxrlanamiz. Bunday yirik brendlar Qozog‘istonda yoshlar futboli rivojiga e’tibor qaratayotganidan xursandman», dedi Freedom QJ ligasi prezidenti Rohus Shox.
Freedom QJ League 2023-yilda tashkil etilgan. Hozir u 32 ta jamoadan iborat. Ular ikki yosh toifasida...