Oʻzbekistonning tashqi savdo hajmi 2025-yilning yanvar – sentabr oylarida $59,8 milliardni tashkil etdi. Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, bu oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 22,9 foizga koʻp.
Xitoy Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori boʻlib qolmoqda — $11,4 mlrdlik koʻrsatkich bilan. Ikkinchi oʻrinda Rossiya ($9,4 mlrd), uchinchi oʻrinda esa Qozogʻiston ($3,5 mlrd) joylashgan. Shuningdek, beshlikdan Turkiya ($2,2 mlrd) va Janubiy Koreya ($1,3 mlrd) ham oʻrin oldi.
1-oktabr holatiga mamlakat $26,7 mlrdlik tovar eksport qilgan, import hajmi esa $33,1 mlrdni tashkil etgan. Eksport yillik hisobda 33,3 foiz, import esa 15,6 foizga oʻsdi. Bunda O‘zbekiston mahsulotlarini asosan Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston xarid qilmoqda. Shu...