O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatga prognoz qilish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida bir qator yangi tashabbuslar amalga oshiriladi. Jumladan:
madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi; seysmologiya sohasi to‘liq raqamlashtirilib, sun’iy intellekt texnologiyalari tatbiq etiladi; qurilish maydonlarida grunt qatlamlari chuqur o‘rganilib, ularning mustahkamligi baholanadi.2026-yil 1-yanvardan A-373 va M-39 avtomobil yo‘llari hamda tog‘li temiryo‘l yo‘nalishlarida ko‘chki xavfi yuqori hududlar doimiy radiolokatsion kosmik monitoring ostida bo‘ladi.
Shuningdek, Toshkent shahri misolida sun’iy intellekt asosida zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatli prognoz...