Avgust oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 25 mingta uy sotildi. Oylik ko‘rsatkich 4,6 foizga pasaydi, biroq yil davomida bitimlar soni 13 foizga oshdi, deya xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Hududlar kesimida eng ko‘p bitimlar Sirdaryo (34%), Xorazm (29%) va Surxondaryo (27%) viloyatlarida qayd etildi. Ikkilamchi bozor bo‘yicha mamlakat bo‘ylab narxlar oy davomida 1%ga o‘sdi, yillik o‘sish esa 4%ni tashkil etdi. Eng katta yillik narx o‘sishi Jizzax (14%), Surxondaryo (17%) va Sirdaryoda (10%) kuzatildi.
Poytaxtda vaziyat aralash: avgustda umumiy narxlar 2,3%ga pasaydi, lekin yillik o‘sish atigi 0,2%ni tashkil etdi. Birlamchi bozor esa yil davomida 0,7%ga o‘sdi; oylik hisobda esa...