Endilikda Rossiyada spirtli ichimlik yoki giyohvandlik moddasi ta’sirida transport vositasini boshqargan migrantlar, jumladan, o‘zbekistonliklar ham mamlakatda yashash ruxsatnomasidan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
Tegishli qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasiga «Adolatli Rossiya — haqiqat uchun» partiyasi fraksiyasi rahbari Sergey Mironov va deputat Fedot Tumusov taqdim etgan. Tashabbusga ko‘ra, agar xorijiy fuqarolar mast holatda avtomobil boshqargan bo‘lsa, ularga vaqtincha yashash ruxsatnomasini berish rad etiladi yoki u bekor qilinadi.
Mironovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatning qabul qilinishi yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-yil boshiga ko‘ra, chet elda 1,35 millionga yaqin o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Shundan...