O‘zbekistonda AI-80 markali benzin ishlab chiqarish va sotish to‘xtatilishi inflyatsiyaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu omil 2025-yil yakuniga mo‘ljallangan yangilangan prognozga kiritilgan. Umuman olganda, inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar va omillar orasida benzin ham bor.
«AI-80 benzining, albatta, ta’siri bor. Hozirgi inflyatsiya statistikaga u kiritilgan. Inflyatsiyada hozir asosiy oshiruvchi bir necha tovarlar qatorida benzin, yoqilg‘i ham bor. U saqlanib qolyapti. U biz uchun o‘rta muddatda xatar keltiruvchi yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolyapti. Eng asosiysi, bu ko‘proq inflyatsiyadan tashqari inflyatsion kutilmalarda ham saqlanib qolyapti...