2025-yil 3-iyun – «Beelab» AJ (Beepul fintek xizmati) va «Ipoteka Bank OTP Group» raqamli moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida strategik hamkorlikni boshlash uchun o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Tomonlar xususiy mijozlar va kichik biznesga mo‘ljallangan integratsiyalashgan kredit, omonat va bank kartalari xizmatlarini birgalikda yaratish bo‘yicha kelishib oldilar.
Hamkorlikning birinchi bosqichida 2025-yilning yaqin oylarida Beepul ilovasida mavjud bo‘ladigan kobrend kartalar va raqamli mikrokreditlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Kelajakda tomonlar takliflar qatorini kengaytirishni ko‘zda tutmoqda: omonat mahsulotlari, shuningdek, UZCARD va HUMO virtual hamda jismoniy kartalarini chiqarish.
«Ipoteka bank faol rivojlanish davrida, ayniqsa OTP xalqaro bank guruhiga qo‘shilgandan...